ONLAYN: Majburiy mehnatga jalb etishning barcha koʻrinishiga toʻliq barham berildi

Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev maʼruza qilmoqda. 
Maʼruzada Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtgan yili Senat yalpi majlisida majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnatining barcha shakllariga soʻzsiz barham berish bilan bogʻliq masala muhokama etilganiga eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirib borish boʻyicha parlament komissiyasi tuzilgan edi.
Natijada bugunga kelib Oʻzbekistonda majburiy mehnat, ayniqsa, bolalarni noqonuniy ravishda mehnatga jalb etishning barcha koʻrinishiga toʻliq barham berildi, deyish uchun barcha asoslar bor.
Yurtimizdagi mavjud amaliyot, Xalqaro mehnat tashkilotining xulosalari, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan Oʻzbekiston paxta mahsulotlarining bolalar mehnati orqali yetishtirilgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqarilgani buning yorqin dalilidir.

 

N.Abduraimova, OʻzA