Bugun, 26 sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan “Universal” sport saroyining majlislar zalida Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa aʼzolari ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi matbuot xizmati.
Kun tartibidan viloyat federatsiya rahbarlari, OʻKMF bosh hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tushgan murojaat va arizalarni koʻrib chiqish, shuningdek, tashkilotga yangi rahbar saylash masalalari oʻrin olgan.
Shundan soʻng Oʻzbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi lavozimiga Alamjon Toʻxtasinovich Mullayev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari koʻrsatilgan nomzodni qoʻllab-quvvatlashdi va Alamjon Mullayev tashkilotning yangi rahbariga aylandi.
O’zA