Tizimda 473 ta kasanachilik va 73 ta yangi korxonalar hisobiga ish oʻrni yaratishga erishildi

“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida aholiga sifatli xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda xalqimiz turmush darajasini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini yaratish evaziga aholi bandligini taʼminlash masalasiga ham jiddiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. 
Oʻtgan bir yilda jami 747 ish oʻrni yaratildi. Bandlikni taʼminlash dasturiga asosan, joriy yilda jami 612 ish oʻrni yaratish belgilangan. Yanvar-avgust oylarida tizimda 546 yangi ish oʻrni yaratishga erishildi. Shuning 473 tasi kasanachilik va 73 tasi yangi korxonalar hisobiga yaratilgan ish oʻrinlaridir.
Ahamiyatlisi, kasanachilik ish oʻrinlari nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan xotin-qizlarga 300 dan oshiq tikuv mashinasi olib berish hisobiga yaratildi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA