Suez kompaniyasi vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bugun, 26 sentyabr kuni Toshkent shahar hokimligida Fransiyaning Suez kompaniyasi vakili Gabriyel Miguyez bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 
photo5285360053102160612.jpg
Muzokaralarda poytaxt hududida suv resurslaridan oqilona foydalanish, biologik chiqindilarni qayta ishlashni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Bu borada hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar boʻyicha ham fikr almashildi.
Maʼlumot uchun, Suez kompaniyasi 160 yildan ortiq tarixga ega boʻlib, dunyoning 5 qitʼasida suv resurslaridan samarali foydalanish sohasida faoliyat yuritadi.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

 

O’zA