Kitobxonlar bayrami ijodiy tanlov va sheʼrxonlikka ulanib ketdi

Nukus shahrida “Sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlod – yurt kelajagi” shiori ostida “Bolalar kitobi” respublika anʼanaviy festivali boʻlib oʻtdi.
Unda turli adabiyotlar, oliy oʻquv yurtlari axborot-resurs markazlari tomonidan taqdim etilgan mingdan ziyod adabiy-badiiy, ilmiy-maʼrifiy, qomusiy, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar namoyish etildi.
Festival doirasida yosh kitobxonlar oʻrtasida adabiy viktorina oʻtkazilib, unda gʻoliblar munosib ragʻbatlantirildi.
Tadbirda yosh kitobsevarlar taniqli yozuvchi-shoirlar bilan uchrashdi. “Bolalar kitobi” festivali kitobxonlar oʻrtasida ijodiy tanlov va sheʼrxonlik kechasi bilan yakunlandi. Bolalar ijodiy jamoalari ijrosidagi konsert dasturi tadbirga yanada zavq bagʻishladi.

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA