Milliy hokkey ligasida yangi mavsum oldidan bir qator koʻrgazmali uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Ushbu bahslarda “Tampa-Bey“ jamoasi “Florida“ klubiga qarshi oʻyin oʻtkazib 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.
Afsuski, mazkur oʻyin “Tampa-Bey“ aʼzosi rossiyalik Nikita Kucherov uchun omadli oʻtmadi. Oʻyinda 5 daqiqa 6 sekund oʻynashga ulgurgan Nikita, shayba uchun oʻtgan kurashda muz ustiga noqulay yiqildi va tanasining pastki qismidan jarohat olib, muzni tark etdi.
Oʻyindan soʻng, jamoa bosh menejeri Jyulyen Brisbua uning jarohati jiddiy emasligi, u ehtiyotkorlik chorasi sifatida oʻyindan olingani haqida toʻxtalib oʻtdi.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA