Hokim Hindiston elchisini qabul qildi

Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxoʻjayev Hindiston elchisi Shri Vinod Kumarni qabul qildi. 
J.Ortiqxoʻjayev va janob Kumar Toshkent-Dehli oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida oʻzaro fikr almashdi. Shuningdek, uchrashuvda Hindistonning yangi elchixonasini qurish uchun poytaxt hududidan yer maydoni ajaratish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati