Toni Makgregor: Xabib Nurmagomedov ikkinchi raundga yetib bormaydi

Konor Makgregorning otasi Tonining taʼkidlashicha, oʻgʻlining Xabib Nurmagomedovga qarshi oʻtadigan jangida muammo boʻlmaydi.
– Men aniq bilan Konor jangning birinchi raundida Xabibni nokautga uchratadi. Bundan boshqa holat boʻlishi mumkin emas. Xabib ikkinchi raundga yetib bora olmaydi, – deydi Toni. – U oʻgʻlimga, na tezlikda, na aniqlikda hamda kuchda tenglasha olmaydi. Oʻylaymanki, Konor unga jiddiy jarohat yetkazadi.
Eslatib oʻtamiz, Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor oʻrtasidagi jang 6 oktyabr kuni Las-Vegasda oʻtkaziladi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA