Yarim ogʻir vaznda va birinchi ogʻir vaznda boks boʻyicha jahon chempioni boʻlgan amerikalik Antonio Tarver professional boksdagi faoliyatini yakunlagani haqida eʼlon qildi.
49 yoshli bokschi endigi faoliyatini ekspert sifatida televideniyeda davom ettiradi. Hozirgacha u faqatgina “Showtime” kanalida boks bahslarini sharhlagan. Antonio ayni damda “ESPN”, “HBO” va “FOX Sports” kanallari bilan muzokaralar oʻtkazmoqda.
Tarver professional boksda 31 marotaba jang oʻtkazib, olti marotaba magʻlub boʻlgan boʻlsa, bir marotaba durang qayt etgan. Yana bir jangga tayyor emasligi bois ringga koʻtarila olmagan. U soʻnggi bor 2015 yili Stiv Kanningemga qarshi bahslashgan.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA