Poytaxtimizda taekvondo WTF boʻyicha Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi kubogi uchun oʻtkazilgan musobaqa nihoyasiga yetdi. Turnirda Respublikamizning turli hududlaridan 350 nafarga yaqin oʻsmir sportchi ishtirok etdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Taekvondo WTF assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport majmuasida boʻlib oʻtgan bahslar yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi birinchi boʻldi. Ikkinchi oʻrindan Fargʻona viloyati sportchilari joy olgan boʻlsalar, Toshkent viloyati taekvondochilariga uchinchi oʻrin nasib etdi.
Turnir yakunlangach, bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshilar aniqlandi:
Eng yaxshi murabbiy: S.Nazaraliyev
Eng yaxshi hakam: N.Kamchibekova
Eng yaxshi sportchi: (oʻgʻil bolalar): A.Oʻktamov
Eng yaxshi sportchi: (qizlar): R.Sharofiddinova.
O’zA