The Best - 2018: Messi ham Londonga bormaydi

Leo Londonga borish uchun tayyor edi, biroq oilaviy muammolar uni uyda qolishiga majbur qildi.
Marosimda “Barselona” nomidan Xavyer Bordas hamda Guillermo Amor ishtirok etadi.
Argentinalik futbolchi yilning eng chiroyli goli nomzodlari roʻyxatidan joy olgan edi. Shuningdek, Messi yilning ramziy terma jamoasi nomzodlari orasida ham bor.
Avvalroq Ronaldu ham bu marosimda ishtirok eta olmasligini eʼlon qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Luka Modrich, Krishtianu Ronaldu va Muhammad Saloh yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod sanaladi.

 

O’zA