Rossiya jahon chempionatida Finlyandiyani yengdi

Voleybol boʻyicha erkaklar oʻrtasida oʻtayotgan jahon chempionatining guruh uchrashuvlarida ikkinchi bosqich oʻyinlari oʻtkazildi.
Milan shahrida oʻtkazilayotgan “Ye” guruhidagi bahslarda Rossiya terma jamoasi Finlyandiyani 3-0 hisobida taslim qildi. “F” guruhidagi oʻyinlar Bolonya shahrida oʻtdi. Unda Sloveniya va Avstraliya terma jamoalari 2-3 hisobida uchrashuvni yakunlashdi.
Chempionatning “G” guruhida AQSH termasi Eronni 3-0 hisobida yengdi. “H” guruhida Fransiya – Argentinani 3-1, Polsha – Serbiya terma jamoasini 3-0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA