The Best - 2018: Boshlovchilar nomi aniq
Oʻtgan yildan boshlab yangi formatda tashkil etilayotgan tadbirning bu yilgi taqdirlash marosimi boshlovchilari maʼlum.

Marosim odatdagidek Londondagi Royal Festival Hallʼda boʻlib oʻtadi. Kechaga bir qator nufuzli mehmonlar tashrif buyurishi kutilyapti.

Yilning eng yaxshilari nomi aniqlanadigan kechaning suxandonlari Idris Elba hamda Anne-Laure Bonnet etib belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, Idris Elba The Bestʼning 2017-yilgi marosimini braziliyalik jurnalist Leyla Anna-Li bilan birgalikda boshqarib borgan edi.

 

O’zA