27-28 sentyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya nimaga bagʻishlanadi?

27-28 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Oilani mustahkamlash va voyaga yetayotgan avlod tarbiyasida oʻzini oʻzi boshqarish organlarining roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.
Tadbir Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 maydagi “Oilani mustahkamlash va voyaga yetayotgan avlod tarbiyasida oʻzini oʻzi boshqarish organlarining roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazishga oid farmoyish ijrosi yuzasidan tashkil etilayotgan mazkur tadbirda dunyoning 20 ga yaqin davlatidan mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

N.Nasriyev, OʻzA