Joriy yilning 20-sentyabr kuni Poytaxtimizda “Sohaga innovatsion texnologiyalarni qoʻllash – rivojlanishning muhim omili” mavzusida brifing oʻtkaziladi.

“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilayotgan tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Toshkent viloyati Qibray tumanida press-tur va koʻrgazma oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unda sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion texnologiyalar, nou-xaular, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, gaz transport tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida mutaxassislar atroflicha maʼlumot beradi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada kompozitli yangi gaz ballonlar, samarali gaz hisoblagichlar, is gazidan ogohlantiruvchi avtomat qurilma kabi koʻplab zamonaviy texnikalar namoyish etiladi.

 

A.Musayev, OʻzA