Halima Xudoyberdiyevaning 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdiyevaning turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda. 
Bu haqda Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.
Jumladan, Saylanmaning 1-jildidan oʻrin olgan shoiraning benazir bitiklarini oʻqir ekansiz, tuygʻularning rangi va tovushinigina emas, balki qoʻl bilan tutsa boʻladigan darajada moddiylashganini his etasiz va bu inja tuygʻular sizning ham koʻngil mulkingizga aylanib qolishi hech shubhasiz.
Kitobning birinchi jildi tayyorlanib, keng omma eʼtiboriga havola etilish arafasida turibdi. Keyingi toʻrt jildi esa nashr etilish jarayonida.

 

OʻzA