Poytaxtimizda “Oʻzbekiston – Germaniya: Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlashda hamkorlik” mavzusida doira suhbati tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Germaniyaning Fridrix Ebert jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro tadbirda Oʻzbekiston – Germaniya munosabatlari, Germaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ilgʻor sohalarda hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Ahatov, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov, Fridrix Ebert nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Xenriyetta Kifer, YEXHTning mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori Jon Makgregor va boshqalar ikki mamlakat hamkorligi doirasida erishilgan yutuqlar, Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Afgʻonistonda mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni taʼminlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA