“NetTV” telekanali Oʻzbekistonda ziyorat turizmi rivojiga hissa qoʻshmoqda

Indoneziyaning “NetTV” telekanali tasvirchisi Reza Rivaldi Oʻzbekistonning ziyorat turizmi haqida hikoya qiluvchi videorolikni hamyurtlari eʼtiboriga havola etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu indoneziyaliklar oʻrtasida Oʻzbekistonga kelish havasini uygʻotmoqda.
Xabarda aytilishicha, “NetTV” telekanali ijodkorlari joriy yil mart oyida ham Oʻzbekiston haqida ikkita koʻrsatuv tayyorlagan. Samarqandning sayyohlik salohiyati uzatilgan dastlabki koʻrsatuvni 22 may kuni 180 mingdan ortiq indoneziyalik tomosha qilgan. Bundan tashqari, bu koʻrsatuvni “YouTube” orqali 1,7 million foydalanuvchi koʻrgan.
Toshkent haqida ikkinchi koʻrsatuvda Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi, Moʻyi Muborak muzeyi, Chorsu bozori, Amir Temur xiyoboni va Toshkent metropoliteni haqida lavhalar tayyorlangan.

 

Inobat Ahatova, OʻzA