Jurnalistlar “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasiga uyushtirilgan media-turda ishtirok etmoqda

“Nobel Pharmsanoat” korxonasi 2000 yilda “Ulkar Holding” kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda Oʻzbekiston farmatsevtika sohasida 100 foiz chet el sarmoyasi asosida faoliyat koʻrsatayotir. Korxona yiliga 5,5 million quti mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda xalqaro GMP standartiga mos 60 nomda dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Bu haqda poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasi hamkorligida oʻtkazilgan matbuot anjumanida taʼkidlandi.
Unda mamlakat farmatsevtika tarmogʻining rivojlanishida chet el investitsiyalarining hissasi, xususan, “Nobel Pharmsanoat” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi xususida soʻz yuritildi.
Ayni paytda jurnalistlar “Nobel Pharmsanoat” farmatsevtika korxonasiga uyushtirilgan media-turda ishtirok etmoqda.

 

Davron Sunnatov, OʻzA