Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida “Baxtiyorlar diyori” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi boʻlib oʻtadi.
Koʻrik-tanlov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi, Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida tashkil etilgan.
Tanlovda kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari “Tabarruk dargoh“, “Ajdodlarga munosib avlodlarmiz“ hamda “Baxtiyorlar diyori“ shartlari boʻyicha bellashadi.
Gulnoza Boboyeva, OʻzA