Osiyo Chempionlar Ligasida ikkita yarim finalchi nomi aniq

Osiyo Chempionlar Ligasida 1/4 finalning javob bahslari oʻtkazildi.
Gʻarbiy hududda Eronning “Persepolis” klubi oʻz maydonida Qatarning “Ad-Duxail” klubini qabul qilib, 3:1 hisobidagi irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi. Dastlabki oʻyinda 0:1 hisobida gʻalaba qozongan eronliklar yarim finalga yoʻl olishdi.
dphq5e4fshm40dpcwg6r.jpg
Ikkinchi yarim finalchini aniqlash uchun Qatarning “As-Sadd” klubi Eronning “Istiqlol”ini qabul qildi. Oʻyinda 2:2 hisobidagi durangni qayd etildi. Dastlabki oʻyinda qatarliklar 3:1 hisobida gʻalaba qozongani bois, ular yarim finalga yoʻl olishdi. Endi “As-Sadd” keyingi bosqichda Eronning yana bir klubi “Persepolis” bilan bellashadi.
cghzxt3nt0eplzlqydhi.jpg
OCHL. 1/4 final. 
Gʻarbiy hudud javob bahslari
17-sentabr
Persepolis (Eron) – Ad-Duxail (Qatar) – 3:1
Gollar: Husayniy (57), Al-Burayk (76 avtogol), Mensha (78) – Budiaf (33)
Dastlabki oʻyin: 0:1
As-Sadd (Qatar) – Istiqlol (Eron) – 2:2
Gollar: Afif (27), Bunedjah (90+2 pen) – Baqiriy (32), Tabriziy (49)
Chetlatish: Chashmiy (50, Istiqlol)
Dastlabki oʻyin: 3:1
Bugun va ertaga qolgan ikki yarim finalchi nomini ham bilib olishimiz mumkin. Unda sharqiy hudud vakillari ishtirok etishadi.
 
18-sentabr
Tyanszin Syuanzyan (Xitoy) – Kashima Antlers (Yaponiya)
Dastlabki oʻyin: 0:2
19-sentabr
Suvon Samsung Blyuuingz (Janubiy Koreya) – Chonbuk Motors (Janubiy Koreya)
Dastlabki oʻyin: 3:0

 

O’zA