Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida qatnashish uchun Kolombo shahriga joʻnab ketgan edi.
Ilhom Xanjariyev boshchiligidagi futbolchi qizlar bugun Kolombo shahridagi “City Football Games” stadionida dastlabki mashgʻulotni oʻtkazishdi.
Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Osiyo chempionati dastlabki saralash bosqichida Iordaniya, Guam, Shri-Lanka va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Quyida ana shu mashgʻulotdan olingan fotosuratlar bilan tanishishingiz mumkin:
O’zA