Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari turizm uchun qulay

Bu haqda Oʻzbekiston va Qozogʻiston ayollar biznes-forumida Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Turizm industriyasi qoʻmitasi raisi Maynyura Murzamadiyeva aytib oʻtdi.
Biznes-forumda ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va turizm sohalarida hamkorligini rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr-mulohaza almashildi.
Taʼkidlanganidek, turizmni rivojlantirish uchun, avvalo, sayyohlarga qulaylik yaratish bilan birga shu mamlakat qadriyatlari, milliyligini aks ettiradigan sovgʻalar berish kerak.

 

Dilobar Mamatova, OʻzA