Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi tomonidan “Bozataoʻ” ovul fuqarolar yigʻini hududida yashovchi I-guruh nogironi Rafiq Asenovga 7 xonali uy bepul berildi.
– Ukam Rafiqjon koʻzi ojiz, – deydi opasi Gulzada Asenova. – Ishsiz. Oilali. Xotini ham nogiron. 1 nafar farzandi bor. Nogironlik nafaqasi uchun oyiga 350 ming soʻm oladi. Uning ham aksariyat qismini koʻzi uchun dori-darmonga sarflaydi. Uy-joyi yoʻqligidan qiynalar edi. Tuman hokimligiga ushbu masala yuzasidan qilgan murojaatimiz ijobiy hal etilganidan behad mamnun boʻldik. Ukamga 7 xonali uy bepul berildi. Buning uchun ana shunday xayrli ishlar tashabbuskori Prezidentimizga va barcha mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman. Ming bor tashakkur.
Y. Qanoatov, OʻzA