“Tibbiy koʻrik bepul“

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Toshkent shahridan borgan bir guruh shifokorlar aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazmoqda.
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuman va shaharlarida boʻlib aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazyapmiz, – deydi guruh aʼzosi, Toshkent tibbiyot akademiyasi oliy toifali nevropatolog shifokori A.Gʻulomov. – Eng ogʻir, tashxis qoʻyish qiyin boʻlgan bemorlarni koʻrib, ularga davolanishi uchun aniq koʻrsatmalar berilmoqda. Tibbiy koʻrik bepul.
Shifokorlar Nukus shahridagi tibbiyot birlashmasi va 4-oilaviy poliklinikada 100 dan ortiq aholi vakillarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi. Shuningdek, chekka qishloqlarda yashayotgan yoshi ulugʻ insonlar, nogironligi bor shaxslar va bolalarning holidan xabar olinib, uy sharoitida tibbiy koʻrik tashkil etilmoqda. Sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning oʻrni, toʻgʻri ovqatlanish yuzasidan maslahatlar berilayotir.

 

Y. Qanoatov, OʻzA