Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi.
Turkmanboshi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari E.Orazgeldiyev boshchiligidagi rasmiy shaxslar kutib oldi.
Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston, Turkmaniston,Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston Prezidentlari shahardagi “Avaza” sayyohlik markazida Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Sammitda davlat rahbarlari global iqlim oʻzgarishi sharoitida Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalarini koʻrib chiqadilar.

 

OʻzA