Aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish hamda qon donorlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qonun loyihasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdorini oshirish ko‘zda tutilyapti.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar shahar jamoat transportidan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ularga sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish imkoniyati yaratiladi.
Muhtarama Komilova, O‘zA