Nukus tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi Samanbay nomidagi ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 16-umumta’lim maktabi ishchilari Sh.Jusipov, G.Dao‘letmuratova, G.Tajimuratova, B.Oңdosimovalardan ariza kelib tushdi.
Unga ko‘ra, “Toza hudud“ DUK Nukus tumani filiali tomonidan ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Nukus tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari o‘rganish ishlarini olib bordi. Natijada iste’molchilarga “Toza hudud” DUK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, xizmat tarifi haqida tushuntirishlar olib borilmagani, iste’molchilar bilan shartnoma tuzilmaganligi va korxona tomonidan xizmat uchun asossiz 3 million 823 ming 200 so‘m qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.
Ushbu aniqlangan xato va kamchiliklar jamiyat xodimlari tomonidan bartaraf qilinib, asossiz qarzdorlik olib tashlandi.

 

O‘zA