Rossiya Federatsiyasining TASS axborot agentligi tomonidan fotojurnalistlar uchun o‘tkazilgan xalqaro seminarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA fotomuxbirlari ham ishtirok etdi. Tashrif doirasidagi tadbirlarga bag‘ishlangan fotoreportajlar O‘zA saytida berib borildi.

Safarimizning so‘nggi kunlarida Moskvadagi yana bir ob’ekt e’tiborimizni tortdi. Bu “Gostinыy dvor” deb atalgan badiiy galereya bo‘ldi. Kimlar uchundir oddiy ko‘ringan ba’zi narsa-buyumlar bu yerda qimmatbaho suvenir sifatida joy olgan. Ma’lumot uchun ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur galereyaga 2023 yilda 40 ming tomoshabin tashrif buyurgan.

Xususan, ko‘rgazmaning antiqa buyumlar salonini ko‘zdan kechirar ekanmiz, turli qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar, antikvar mebellar, betakror kiyim-kechaklar va boshqalarni uchratasiz. Eng muhimi, ushbu qimmatbaho eksponatlar orasida bebaho, qadimiy kitoblarning borligi, qolaversa, shaharning turistlar ko‘p yuradigan ko‘chalarida ko‘plab kitob savdo yarmarkalari faoliyat ko‘rsatishi diqqatga sazovor.

Quyida ana shu antiqa buyumlar ko‘rgazmasidan tayyorlangan fotoreportajimizni havola etamiz.

Alisher ISROILOV,

Siroj ASLONOV,

Zuhriddin UMRZOQOV(surat),O‘zA