Huawei CBG dunyodagi ikkinchi eng yirik kompaniyaga aylandi

Huawei Consumer Business Group 2018-yil I yarim yillik biznes-natijalarni e’lon qildi.
Huawei joriy yilning ikkinchi choragida barqaror unumdorlikni namoyon etib, kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga aylandi.
huawei-logo.jpg
Huawei Consumer Business Group (CBG) o‘zining 2018-yil birinchi yarim yilligi bo‘yicha biznes-natijalarini e’lon qildi. Kompaniya barqaror o‘sish va global miqyosda 95 million donadan ziyod smartfon yetkazib berilgani haqida ma’lum qildi.IDC ma’lumotlariga ko‘ra, Huaweining jahon bozoridagi ulushi 15,8 foizni tashkil etib, ikkinchi chorakda smartfonlar ishlab chiqaruvchilar orasida kattaligi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik kompaniyaga aylandi.
Huawei Consumer Business Group bosh direktori Richard Yu: “Keyingi olti oy Huawei CBG uchun hayratlanarli kechdi – unda biznesimizning dunyo bozorlarida va ishlab chiqarish liniyalarida barqaror o‘sishi qayd etildi. Bunday muvaffaqiyatimizga sabab innovatsiyalarga sodiqligimiz va eng asosiysi, mijozlarimizning ulkan hissasidir. Olg‘a intilarkan, Huawei oldingidek qurilmalarda, bulutli texnologiyalarda sun’iy aqlga (SA) urg‘u beruvchi o‘z takliflarini muntazam yaxshilash va Huawei ekotizimini yanada kengaytirishga diqqatini jamlaydi.”
Biznes samaradorligi ko‘rsatkichlari
 
20180328000406_44f5eaacb46fe0b1488c87b1727b2caf_1.jpeg
HUAWEI P20 modeli: san’at va texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan P20 moda muhlislari tomonidan juda yaxshi qabul qilindi. HUAWEI P20 global yetkazib berilishi 9 million donadan ziyodni tashkil qildi;
HUAWEI Mate 10 modeli: HUAWEI Mate oxirgi seriyasi mobil SA rivojlanish yo‘lini belgiladi va 10 million donadan ziyod global yetkazib berishga erishib, kompaniyaning elita mahsulot bozoridagi mavqeini mustahkamladi;
HUAWEI nova modeli: butun dunyoda nova smartfonlari foydalanuvchilari soni 50 milliondan ortib ketdi, bu o‘rta toifa smartfonlar umumiy bozorining o‘sishiga xizmat qildi. Nova modeli yetkazib berilishi umumiy hajmi yillik hisobda 60 foizga oshdi;
Huawei mobil qurilmalari o‘tgan yilga qiyoslaganda salmoqli 147 foizlik o‘sishga erishdi;
Chakana savdo o‘sdi va hozirda Huawei butun dunyo bo‘ylab 53 000dan ziyod firma do‘konlari va 3 500dan ortiqHuawei Experiyence do‘konlarini boshqaradi. Kompaniya 2018 yil oxiriga qadar butun dunyo bo‘ylab yana 10 000ta chakana savdo do‘konlari va 700ta Huawei Experiyence do‘konlarini ochib, o‘z chakana savdo tarmog‘ini mustahkamlashni rejalashtirgan.
 
Brend taniqliligida o‘sib boruvchi impuls kuzatilmoqda
 
04.JPG
Huawei flagmanlari va o‘rta toifa smartfonlarining e’tiborga loyiq xarakteristikalari Huawei brendining qadrini anchayin yuqorilatdi: Huawei 2018 yil Global 500ta brend ro‘yxati (Brand Finance’s Global 500 2018)da 25-satrda,BrandZ 100 ta eng qadrli dunyo brendi ro‘yxati (BrandZ’s Top 100 Most Valuable Global Brands)da 48- satrda va Forbes eng qadrli brendlar ro‘yxati (Forbes’ Most Valuable Brands)da 79-satrda zikr qilindi. Qayd etish joizki, Huawei 2018 yilda Forbesning 100ta eng yaxshi kompaniyasi ro‘yxatidan joy egallashga muvaffaq bo‘lgan yagona Xitoy kompaniyasi bo‘ldi.
 
 
 
Reklama huquqi asosida

 

O‘zA