O‘zbekistonga “Tolibon” harakati delegatsiyasi tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, 7-10 avgust kunlari Doha shahrida joylashgan “Tolibon“ harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.
Qayd etilishicha, “Tolibon“ harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

 

O’zA