ONLAYN. Temur Ko‘so‘glu: “Men uchun 20-asrning eng buyuk shoiri Cho‘lpondir”

Poytaxtimizda “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro konferensiyadagi eng qiziq va yangiliklarga boy ma’ruzalardan biri AQSH Michigan davlat universiteti professori, Yevroosiyo va rusiyzabon fanlarni o‘qitish markazi direktor o‘rinbosari (asli turkiyalik), adabiyotshunos olim Temur Ko‘so‘glu nutqi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U qatog‘on davrlardagi o‘zbek, qirg‘iz va qozoq adabiyoti haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borgan va o‘sha davrda Olmoniyada tahsil olgan o‘zbek talabalari qo‘lyozmalari va yagona nusxada Olmoniyada chop etilgan jurnal nusxalarini o‘rgangan.
“19-asrda o‘zbek adabiyoti ilk bor Turkiya, Berlin va Parij orqali dunyoga tanilgan adabiyotshunos qo‘liga borgan. O‘zbeklarning buyok adiblari Cho‘lpon , Fitrat, Elbek ijodlariga G‘arbda qiziqish katta. Men «Olmoniyada o‘zbek adabiyoti” degan kitobim ustida ishlayapman. Olmonyada 19-20-asrlardagi o‘zbek, qirg‘iz, tojik adabiyotlarini xorijiy tadqiqotchilar o‘rgangan. Olmoniyaga Turkistondan kelgan talabalar qo‘lyozmalari menda mavjud. “O‘lsam janozamni Turkistonda qayta o‘qing”, degan shoir Hushnud asarlarini ham o‘rganganman. Men uchun 20-asrning eng buyuk yozuvchi va shoiri Cho‘lpondir. Uning ozodlikka undovchi propogandik sherlarini ingliz tiliga tarjima qilganman», deydi Temur Ko‘so‘glu.

 

O‘zA