Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyatini har tomonlama takomillashtirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida “Pedagoglar kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash” mavzusida metodik marafon boshlandi.

Marafondan ko‘zlangan maqsad, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida o‘qitishni ta’minlash, xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlar bilan ishlashdan iborat.

Ushbu jarayonlar pedagoglarga o‘qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar yo‘nalishlarida 3 ta sho‘’baga bo‘lingan holda ish olib borilmoqda. Marafonda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd), dotsent M.Pardayeva “Pedagogik funksionallik – uzluksiz kasbiy yuksalishni ta’minlovchi omil sifatida”, Janubiy Koreyaning Hanyang universiteti Raqamli innovatsiyalar yo‘nalishi magistranti J.Meliboyev “Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar va interfaol ta’lim resurslarini yaratish metodlari”, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (phd) Sh.Abduraimov “Esse turlari va esse yozish strategiyalari”, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Laboratoriya va amaliy ishlarni o‘tkazish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i N.Ismoilov “Pedagogik dasturiy vositalar va raqamli ta’lim platformalarning tabiiy fanlarni o‘qitishdagi ahamiyati” kabi bir qator mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish metodistlari va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.