Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada yosh charm qo‘lqop ustalarimiz muvaffaqiyatli start oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kechagi bahslarda Abdulaziz Jo‘raqulov, -63,5 kg. vaznda poliniziyalik Kailoa Atgerga qarshi ringga ko‘tarilib, ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, -67 kg. vazn toifasida Akbar Ahmadov venesuelalik Fajardo Pachekoni birinchi raunda texnik nokautga solib qo‘ydi. Shuningdek, Muhammad Azizbek Ismoilov (-71 kg.) ispaniyalik Jose Luiz Saneroni 4:1, Akmaljon Isroilov (-86 kg.) polshalik Maksimilian Alan Figurani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun, 24 oktyabr kungi musobaqa doirasida 5 nafar vakilimiz quyidagi raqiblarga qarshi jang o‘tkazadi:
-48 kg: Sayfiddin Sobirov – Lidjon Sulaj (Albaniya) B ring.
-75 kg: Jafarbek Shaxbozov – Manatoa Guillemet (Poliniziya) A ring.
-52 kg: Muslima Turg‘unova – Yangfen Chen (Xitoy) A ring.
-70 kg: Oysha Toirova – Aleksandra Frolova (Rossiya) A ring.
-54 kg: Sobirjon Tastanov – Oskar Grodziski (Polsha) B ring.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA