“Telegram” asoschisi Pavel Durov yoshlarga hech qachon spirtli ichimlik iste’mol qilmaslikni maslahat berdi. U ijtimoiy tarmoq orqali shunday yozgan:
– Agar mendan qandaydir ulkan ish qilmoqchi bo‘lgan 20 yoshli o‘smirlar maslahat so‘rasa, “Hech qachon spirtli ichimlik iste’mol qilmang!” – degan bo‘lardim.
Pavel ta’kidlashicha, o‘zi qariyb 20 yildan buyon spirtli ichimlik iste’mol qilmaydi, shu davr ichida muvaffaqiyatga erishgan juda ko‘p odamlar ichkilik tufayli sog‘lig‘ini barbod qilganiga guvoh bo‘lgan.
– Qisqagina zavq uzoq muddatli azob-uqubat keltiradi, – ta’kidlaydi Durov. – Insonning ijtimoiy bosimga qarshilik ko‘rsatishi qiyin ish, biroq ko‘pchilik zararli odati bilan o‘zini-o‘zi xarob qiladi.