Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning qarorgohida Qirol Salmon gumanitar yordam markazi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) va Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi (UNHCR) hamkorligida Sohil va Chad ko‘li havzasidagi ko‘chirilganlar va qochqinlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Donorlar konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi 49-sessiyasi qarorini amalga oshirish doirasida o‘tkaziladigan anjuman ochilishida tashkilot Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha va Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bin Abdulloh so‘zga chiqishi kutilyapti.
Tadbir ikki hududdagi gumanitar vaziyat bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinadigan yuqori darajadagi sessiya shaklida davom etadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA