Bugungi kunda mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarzi bilan qamrab olish, mahoratli sportchilarni tayyorlash yo‘nalishida 98 ta federatsiya va assotsiatsiyalar va sport turining tarmoqlarini e’tirof etish reyestrida 156 ta sport turlari qayd etilgan.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida sport turlari reyestriga kiritish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 13 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Fijital sport federatsiyasining ushbu sport turini sport turlari reyestriga kiritish bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqildi hamda jamoatchilik kengashi fijital sport turining reyestrga kiritilganini rasman tasdiqladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA