Osiyo chempionlar ligasi 2-musobaqasining “D” guruhida 3-tur bahslari bugun start oladi.
Jumladan, mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” bu turda “Al Husayn” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “Amman” Xalqaro stadionida start oladi. Ikkinchi uchrashuv esa “Shabab Al-Ahli” – “Kuvayt SK” jamoalari o‘rtasida tashkil etiladi.
“Al Husayn” – “Nasaf” uchrashuvida mezbonlar sariq va qora rangli, mehmon jamoa esa to‘liq qizil rangli libosda maydonga tushadi. Uchrashuvni hindistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” “D” guruhida 4 ochko bilan peshqadam. “Shabab Al-Ahli” va “Al-Husayn” esa 3 ochko bilan 2-3 o‘rinda bormoqda. “Kuvayt SK” ikki o‘yindagi mag‘lubiyat evaziga so‘nggi pog‘onadan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA