Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohrux Davlatov joriy yilning 27 oktyabr kuni Valensiyada o‘tadigan nufuzli yarim marafon turnirida startga chiqadi.

Dunyoning eng nufuzli yarim marafon musobaqalari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Valensiya bahslarida munosib natijaga erishishni maqsad qilgan Shohrux Davlatov shu kunlarda Keniyaning Iten shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.

Rejaga ko‘ra, Davlatov Valensiya yarim marafonidan so‘ng yana Keniyada tayyorgarlikni davom ettiradi.

Yengil atletikachimiz joriy yilning 27 noyabriga qadar Itendagi  o‘quv-mashg‘ulotda qatnashib, noyabr oyining so‘nggi kunlarida yana Valensiyaga yo‘l oladi. U yerda hamyurtimiz 1 dekabrga belgilangan “Platinum” darajasidagi marafonda Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA