Nogironlik pensiyalari kimlarga tayinlanadi?

Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs belgilangan tartibdagi hujjatlarni o‘z arizasiga ilova qilinishi shart.
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari, deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Bu haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali yana bir karra tushuntirish berdi.
Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
• ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat;
• ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
• ariza beruvchining jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (2005-yil 1-yanvardan keyin);
• baxtsiz hodisa va sog‘liqning ishlab chiqarishdagi shikastlanishi to‘g‘risidagi hujjat yoki agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa, boshqa rasmiy hujjat.

 

O‘zA