Kuni kecha AQSH vitse-prezidenti, davlat rahbari lavozimiga nomzod Kamala Xarris “CBS News” telekanaliga nomzod sifatidagi kamdan-kam intervyularidan biri, ehtimol so‘nggisini berdi. Axir, 5 noyabrga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu yog‘iga uning shtabi ulkan siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘raish jarayonida tashkiliy masalalar bilan band bo‘ladi.

Bu gal Xarris dunyo jamoatchiligi, ayniqsa amerikaliklarni qiziqtirgan bir necha muhim mavzuga to‘xtalgan. Xususan, Eronni AQSHning barcha davlatlar orasidagi asosiy dushmani, deb  atadi.

“Menimcha, bu aniq Eron”, degan u mamlakati dushmanlaridan qaysi biri asosiysi ekani haqida gapirib.

Ta’kidlashicha, agar 5 noyabr kuni saylovda g‘alaba qozonsa, Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish uning prezidentlik faoliyatidagi ustuvor maqsad bo‘ladi.

Xarris AQSH – Xitoy munosabati istiqboliga to‘xtalarkan, Chin mamlakati bilan ziddiyatdan qochish, ochiq harbiy aloqa yo‘lini saqlab turish kerakligini aytgan.

China's rulers are surprised by Kamala Harris and Tim Walz

Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlar Amerika biznesi manfaatini ko‘zlashi, Tayvanga o‘zini o‘zi himoyalashda yordam berishi kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.

Vitse-prezident hozir butun dunyoni tashvishga solayotgan Ukraina – Rossiya ziddiyatiga munosabat bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kiyev ishtirokisiz ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishga tayyor emasligini bildirgan:
– Ukrainasiz ikki tomonlama uchrashuv? Yo‘q, bo‘lmaydi!

Xarris Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasi vaqti kelganda hal etilishini aytdi.

Ma’lumki, AQSH prezidentligi uchun kechayotgan kurashda demokrat Kamala Xarrisga respublikachi nomzod, mamlakatning sobiq rahbari Donald Tramp raqiblik qilmoqda. OAVga intervyu berishni yaxshi ko‘radigan keksa nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvlardagi ma’ruzalari matbuotda, media hududlarda keng yoritib boriladi. Guvoh bo‘lyapmizki, u har bir chiqishida amaldagi Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarrisni qattiq tanqid qilib kelmoqda. Xususan, Baydenni keksa, aqlini yo‘qotayotgan chol, deya kamsitsa, Jo poygani tark etgandan keyin yangi nomzod sifatida maydonga chiqqan Xarrisni “aqli past, yolg‘onchi va siyosatda tajribasiz” deydi. Yaqinda Tramp Viskonsin shtatidagi saylov oldi tashviqoti chog‘ida ularning har ikkalasini “aqli zaif, deb haqoratladi: “Jo Bayden zaif bo‘lib qoldi, Kamala shunday tug‘ilgan”.

Xarris и Tramp согласились с правилами debатов 10 сентября – Газета.uz

Donald Tramp amaldagi ma’muriyatni Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaradan bosh tortgani uchun bir necha bor ayblagan. O‘zi esa Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligi, saylansa, vazifasiga kirishish (inauguratsiya)dan oldin mojaroga barham berishga qodirligini ko‘p takrorlaydi.

Binobarin, ommaviy axborot vositalarida Tramp ham keksaligi haqida tez-tez maqolalar paydo bo‘lyapti. Masalan, “New York Times” gazetasi nutqlarini kompyuter orqali tahlil qilib, uning so‘nggi paytdagi ommaviy chiqishlari borgan sari cho‘zilib ketayotgani, bu esa kognitiv pasayish belgisi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

– Janob Trampning miting, intervyu, bayonot va ijtimoiy tarmoqdagi postlarini ko‘rib chiqish 2015 yil siyosiy sahnaga ilk bor ko‘tarilganidan buyon yuz bergan o‘zgarishlar alomatini yaqqol ko‘rsatdi, – deb yozdi nashr. – Uning chiqishlari har doim ziddiyatli va ko‘pincha haqiqatdan yiroq bo‘lgan, biroq vaqt o‘tishi bilan yanada keskin, asosiy mavzudan uzoq, jahldor, kamroq e’tiborli, ko‘proq shafqatsiz tuyulmoqda. U o‘tmishga haddan ziyod e’tibor qaratadi.
Darvoqe, 81 yoshli Prezidenti Jo Bayden poygadan chiqib ketgach, 78 yoshli Tramp AQSH tarixida prezidentlikka keksa nomzodga aylandi. Bayden 2021 yil yanvarda oliy lavozimga kirishganda 78 yosh-u 61 kunlik edi. Tramp 2025 yil 20 yanvarda orzusidagi kursiga yana o‘tirsa, 78 yosh, 220 kunlik bo‘ladi.
Trampning bu yilgi saylov oldi chiqishlari o‘rtacha 82 daqiqa davom etgan, Holbuki, 2016 yil esa ayni ko‘rsatkich 45 daqiqani tashkil qilgan. Ustiga-ustak, uning nutqida salbiy so‘zlar ijobiy so‘zlarga nisbatan 32 foiz ustun. Ilgari bu raqam 21 edi. Tahlil natijasi bu ham kognitiv o‘zgarishning bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Nashr xulosasiga ko‘ra, Tramp 2016 yildagi kampaniyaga qaraganda 70 foiz ko‘proq haqoratli so‘zlarni ishlatmoqda.
– U sakkiz yil oldingi darajada raqobatlashmayapti, bu aniq, – deydi Tramp ma’muriyatining aloqa bo‘yicha direktori bo‘lib ishlagan Entoni Skaramuchchi gazetaga bergan intervyusida. – Bir qadam ortga qaytdi, kuchli jumlalar yozish qobiliyatini yo‘qotdi.

Xulosa shuki, Trampning keksaligi OAVda bot-bot takrorlanaverishi  Xarris manfaatiga ishlashi mumkin. Zero, Tramp ham Baydenning keksaligiga urg‘u berib, tarozi pallasini o‘z tomoniga og‘dirayotganiga guvoh bo‘lgandik.

Baribir, hammasiga 5 noyabrda bo‘ladigan prezident saylovi oydinlik kiritadi…

S.Rahimov,

O‘zA sharhlovchisi