Elektr hisoblagichning ham soxtasi bor ekan

 
Ana shunday soxta hisoblagichga Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro duch keldi.
Gap shundaki, fuqaro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi.
Unda keltirilishicha, iste’molchi tuman markazidagi savdo do‘konlarining biridan 380 000 so‘mga elektr hisoblagich sotib olgan. Hisoblagichni standart ko‘rigidan o‘tkazmoqchi bo‘lib tekshirtirganda, uskuna ro‘yxatdan o‘tmagan, ya’ni soxta bo‘lib chiqqan. Biroq, sotuvchi bu vajni rad etib, hisoblagichni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, sotuvchiga qonuniy tushuntirish berildi va hisoblagich boshqasiga almashtirildi.

 

O‘zA