Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining muddatiga o‘zgartish kiritildi

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining muddat o‘zgartiriladi.
Prezident tomonidan 2018-yil 26-iyulda imzolangan “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, endilikda yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin.
Ushbu o‘zgartirish shu yilning 28-oktyabridan kuchga kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuzilishi lozim.

 

O‘zA