Tadbirkorlar faoliyati behuda tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Bosh prokuratura tadbirkorlar faoliyatida o‘tkazilayotgan tekshirishlarni muvofiqlashtiradi.

Prezidentning 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2018-yil 1-sentyabrdan:

tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar hamda nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinadi;

tadbirkorlarni tekshirish tashabbusi bilan chiqish “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
Bosh prokuratura tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtiradi;
barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinadi;
tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.

 

O‘zA