Bunday yirik chaqin 2017 yildan beri ilk bor qayd etilgani aytilmoqda.

Taxminan sakkiz daqiqada Yerga yetib keladigan Quyosh chaqnashi yorug‘lik tezligida tarqaladigan elektromagnit nurlanishdan iborat. Hodisa ba’zi radio aloqa va sun’iy yo‘ldoshlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin, ammo ko‘pchiligimiz bu ta’sirni sezmaymiz.

Hafta oxirida shimoliy kenglikda ko‘kda porlagan “chiroqlar”ni ko‘rish imkoniyati mavjud, chunki Yerga ikki geomagnit bo‘roni kelishi taxmin qilinmoqda.

Shimoliy yorug‘lik keltirib chiqarmaydigan chaqnoq quyoshning faol nuqtasidan otilib chiqadigan koronal massa harakatidan yuzaga keladi. Nur bilan birga Yerning magnit maydoni yoki magnit sferasi bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi quyosh bo‘ronini hosil qilishi mumkin.

– Yerda juma kuni kechqurun yoki shanba kuni ertalab sodir bo‘lishi ehtimoli mavjud mazkur hodisa Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya va Angliya shimolidagi ba’zi hududlarda ko‘rinish mumkin, – dedi “Met Office Space” ob-havo menejeri Krista Hammond.

Ikkinchi chaqin shanba va yakshanba kunlari X9 deya baholangan hodisa sifatida Yerda sezilishi mumkin.

X9 quyosh chaqnashi NASA tomonidan tasniflangan eng yirik hodisa hisoblanadi. Eng kichigi B, keyin S, M va X. Shkala 1 dan 9 gacha, shuning uchun X9 NASA reytingida eng kuchli hisoblanadi.

Ma’lumotga ko‘ra, Quyosh oxirgi 11 yillik turkumda eng faol sanalgan “Quyosh maksimali” jarayoniga yaqinlashmoqda.

“Qizil shar”ushbu faol fazada davom etarkan, Yerning kuchli geomagnit bo‘roniga duchor bo‘lish ehtimoli ko‘proq.Keyingi bir necha oy davomida buning isbotini ko‘rish imkoniyati yuqori.

Hozirgi hisob-kitobga ko‘ra, quyoshning “vajohati”ni 2024 yil oxiri yoki 2025 yil boshida ko‘rish mumkin.

Ta’kidlash joiz, so‘ngi payt “magnit bo‘roni” atamasi ko‘pchilikni tashvishga solmoqda.

Magnit bo‘roni – odatda quyosh faolligi ta’sirida yer magnit maydonining keskin o‘zgarishi. Ushbu hodisa bir vaqtda Yer yuzining yirik mintaqalarida kuzatiladi va ko‘pchilik holatni his qiladi. Ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga moyil insonlar bu jarayonda qiyin ahvolga tushadi. Asosan, qon aylanishida jiddiy o‘zgarish sodir bo‘ladi. Sababi, qon tarkibidagi temir moddasi nurning ta’sir maydoniga tushib qoladi. Natijada tomirlarda tiqilinch hosil bo‘ladi. Ayni holat surunkali kasalliklari bor odamlar uchun xavfli.

Musulmon Ziyo, O‘zA