AQSH Nyu-York shahrida, BMT bosh qarorgohida tashkilotning yuqori darajali haftaligi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga dunyoning ko‘plab davlatlari rahbarlari, siyosiy arboblar tashrif buyurgan. Ularning har biri oliy minbardan turib dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash, kechayotgan qurolli mojarolarga chek qo‘yish, xalqlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishi oqibatini, sayyoramizda qashshoqlik va ocharchilikni bartaraf etish, ekologiya muammosi va so‘nggi paytda xalqaro hamjamiyatni qattiq xavotirga solayotgan sun’iy intellekt bilan bog‘liq masalalar, xullas dunyo ahlini qattiq tashvishga solayotgan o‘ta dolzarb mavzularga nisbatan qarash va yondashuvlar bayon qilingan ma’ruzalarini taqdim etdi.

Bu nutqlar yeo‘pchilikka shunchaki hisobot emas, balki insoniyatning keyingi hayotidan xavotir, tushkunlik, umidsizlik nidosidek tuyulmoqda.

– BMT Nizomi va rezolyutsiyalari, shuningdek xalqaro huquq me’yori asosida adolatli tinchlik o‘rnatish vaqti keldi, – dedi Bosh kotib Antoniu Guterrish umumiy muhokamada so‘zga chiqib.

Guterrish: Резолюция SБ ООН должна быть выполнена, ее проvaл непростителен

U dunyodagi keskin vaziyat haqida, jumladan, shunday dedi:

– Dunyo portlovchi modda bilan to‘ldirilgan idish holatiga kelyapti. Davom etayotgan urushlar va “yadro qilichi shovqini” tufayli sayyoramiz shunday vaziyatga tushib qoldi. Geosiyosiy bo‘linish chuqurlashmoqda, yer yuzi qizib boryapti. Urushlar avj olmoqda, mojarolar qanday tugashini hech kim bilmaydi. Yadroviy va boshqa turdagi yangi qurollar paydo bo‘lib, tasavvur qilish qiyin holatga yaqinlashyapmiz. Hozirgi beqaror ahvol shunday davom etishi mumkin emas. Binobarin, hali barcha muammolarni hal qilish imkoni ham bor.

U BMT XKni isloh qilish zarurligi haqida ham gapirdi:

– Xavfsizlik Kengashi Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari tomonidan tuzilgan. O‘sha vaqt Afrikaning katta qismi mustamlakachilar hukmronligi ostida edi. Afsuski, ushbu qit’a hamon dunyodagi eng yirik tinchlikparvar kengashda doimiy o‘ringa ega emas. Bu holat o‘zgarishi kerak, chunki so‘nggi payt tashkilot dunyo xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga ojizlik qilyapti.

– So‘nggi yillarda asosiy missiyasini yetarli darajada bajara olmayotgan BMT faoliyati borgan sari sustlashmoqda, – dedi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an. – Isroil hukumati inson huquqlarini mensimay, etnik tozalash siyosatini yurityapti. Butun bir xalqqa qarshi ochiq genotsid amalga oshirib, boshqa davlat hududlarini bosib olmoqda.

Shuningdek, u Rossiya va Ukrainani diplomatik yo‘l bilan mojaroni tezroq tugatishga chaqirdi.

– Insoniyatning “qorong‘i davri” boshlandi, – deydi Salvador Prezidenti Nayib Bukele. – Bu belgi erkinlik buzilishi, xalqaro mojarolar ko‘rinishida namoyon bo‘lmoqda.

Nayib Bukele — жесткий и эффективный: почемu страны Центральной Амyerики  гонят SША — EADaily — Новости SША. SША. Новости SША на рuсском языке.  Новости сегодня. SША новости. Новости SША сегодня. Новости. SША

Salvadorliklar tanazzul alomatini kuzatyapti. Biz hammasini, masalan xalqimiz qulashi bosqichlarini birin-ketin boshdan kechirganmiz. Va hozir xuddi shu narsani yana ko‘ryapmiz, faqat bu gal global miqyosda. Boshqa mamlakatlarga nima qilish kerakligini aytolmaymiz va aytmoqchi ham emasmiz. Har bir davlat o‘zi qaror qabul qilishi, xalqi uchun eng qulay yo‘lni tanlashi kerak. Biz faqat qorong‘i kunlardan o‘tgan, hayoti uchun kurashgan do‘st sifatida ogohlantirishimiz mumkin. Bu vaziyatdan chiqib keting. Zamonaviy dunyo misli ko‘rilmagan tezlikda “bo‘lingan, tushkunlikka tushgan, xavotirli, o‘zaro dushman va umidsiz” bo‘lib qolgan. Erkin dunyo endi ozod emas. Xalqaro maydonda yangi urushlar tahdidi saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga dunyoning o‘zini yetakchi sanagan shaharlarida do‘kondor mahsulotini qaroqchidan yashiradi, odamlar ko‘chada erkin yura olmaydi. Biz aniq vaqtda so‘z erkinligi yemirilishiga guvoh bo‘lyapmiz. Bundan atigi o‘n yil oldin G‘arb so‘z erkinligi qal’asi edi. Hozir esa bir paytlar o‘zi qoralaganlar tomonida turib ma’ruza o‘qiyapti. Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq o‘z foydalanuvchilariga nisbatan, hukumati iltimosiga binoan, senzura qo‘llamoqda. G‘arb mamlakatlari fuqarolari ijtimoiy tarmoqda postni qayta joylashtirgani uchun hibsga olyapti. Hukmron partiya siyosiy muxolifatni taqiqlashga harakat qilmoqda. Bu jarayon ancha oldin boshlangan, faqat so‘nggi yillarda tezlashanligi sababli endi yaqqol sezyapmiz. Ayni vaziyat biz qorong‘i burilish nuqtasiga yaqinlashayotganimizni anglatadi.

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida Ukrainadagi mojaroga to‘xtalib, “hech bir tomon maqsadiga harbiy yo‘l bilan erisha olmasligi allaqachon ayonligii”ni ta’kidladi.

– Borgan sari vayronkor qurollar ko‘p qo‘llanishi sovuq urush davridagi befoyda qarama-qarshilikning eng qorong‘i davrlarini eslatadi, – dedi u. –  To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklash uchun sharoit yaratish tomonlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petroning quyidagi so‘zlari ham e’tiborga molik:

– Yer yuzidagi hokimiyatni ko‘pchilikning fikriga quloq solmaydigan buzg‘unchi kuchga ega davlatlar, yirik kapital egalari o‘zlarnga tegishli ommaviy axborot vositalari ko‘magida boshqaradi. Bunday davlatlar rahbarlari insoniyatning demokratik loyihalarini yo‘q qilmoqda, erkinlikni hisobga olmasdan, dunyoni o‘zgartirmoqda, vayron qilmoqda.

Президент Колuмбии заявил в ООН об uгрозе globalьной демократии - РИА  Новости, 25.09.2024

Prezidentning muloqot qilish qobiliyati uning byudjetidagi mablag‘ qiymati, qo‘lidagi jangovar samolyotlar soni va pirovardida mamlakatining insoniyatni yo‘q qilish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Shuning uchun biz G‘azo sektoridagi genotsidni tugatish uchun ovoz berganimizda dunyoning ko‘pchilik prezidentlari va vakillari quloq solishmaydi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda 20 ming bola halok bo‘lganiga qaramay, “insoniyatni yo‘q qilayotgan mamlakatlar prezidentlari” BMT bosh qarorgohi yo‘laklarida kulib turishibdi, chunki ularni jahonning yirik kapitali,OAV qo‘llab-quvvatlamoqda.

– Ular dunyoni demokratik va erkin yo‘l bilan o‘zgartirmayapti, – qo‘shimcha qildi Petro. – Insoniyatning demokratik loyihasi hayot bilan birga nobud bo‘lmoqda, irqchilar, ariylarni oliy irq deya ahmoqona ishonadiganlar dunyoda hukmronlik qilishga tayyorlanmoqda.

Kolumbiya Prezidenti fikricha, G‘azo va Livanning bombardimon qilinishi vahshiy usullar orqali insoniyat ustidan nazorat kengayib borayotganini ko‘rsatadi:

– Bir foiz odam butun insoniyatning 95 foizidan ko‘proq boylikka ega. Tarixan eng yuqori darajaga yetgan bu tengsizlikda iqlim inqirozi va global halokat mantig‘i namoyon. Shuningdek, jinoyatchi Netanyaxuning G‘azo sektoriga yog‘dirayotgan bombalari mantig‘i ham shu bilan bog‘liq. Netanyaxu insoniyatning 1 foiz boylari uchun qahramon, chunki u xalqlarni qanday qilib bombalar yomg‘iri ostida yo‘q qila olishini ko‘rsatdi. Global oligarxiya insoniyatni yo‘qlik sari yetaklamoqda, siyosat esa ta’zim qilib, erkinlik va xalq hokimiyati, demokratiya g‘oyasidan butunlay voz kechmoqda. Agar hukumatlar muvaffaqiyasizlikka uchragan, bomba, urush, his-tuyg‘u bilan o‘ynashish, o‘g‘il-qizlarni o‘ldirishga qaror qilgan bo‘lsa, insoniyatning buyuk muammolarini hal qilishni oddiy odamlar o‘z qo‘liga olish vaqti kelgan. Butun dunyo xalqi befarq hukmdorlarga emas, o‘zimiz – oddiy odamlarga murojaat qilaylik. Zero, umumiy harakatni muvofiqlashtirish, insoniyatning haqiqiy demokratik kuchini ko‘rsatish yangi hukumatlar liderlarini paydo qiladi. Agar hayot yo‘qlikka eltuvchi yo‘ldan qayta olsa, global oligarxiya yengiladi, global demokratiya tomonidan ag‘dariladi.

Xulosa shuki, BMT BAning bu galgi yuqori darajadagi haftaligi o‘ta ziddiyatli davrga to‘g‘ri keldi. Ukraina – Rossiya mojarosi, Yaqin Sharqda yuzaga kelgan murakkab vaziyat, xususan Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirayotgan qirg‘inbarot hujumlari, ustiga-ustak bu qarama-qarshilik olovi endi Livan hududiga ko‘chgani, hatto Xavfsizlik Kengashi ham ushbu muammolarni hal qilishga ojizlik qilayotgani davrimiz ayanchli bir ahvolga kelganini ko‘rsatmoqda.

S.Rahimov,

O‘zA