Bugun, 26 sentyabr kuni Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir boshlanadi.
O‘ninchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu nufuzli turnirda 8 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda. Ular orasida mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov mazkur musobaqaning 2022 yilgi g‘olibi sifatida dona suradi.
Turnirda shuningdek, Ozarbayjon vakillari Shaxriyor Mamedyarov, Rauf Mamedov, Aydin Suleymanli, FIDE bayrog‘i ostida turnirlarda ishtirok etayotgan Vladislav Artemev va Yan Nepomnyaiy, vengriyalik Richard Rapport, hindistonlik Aravind Chitambaram g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Musobaqa nizomiga muvofiq, bugun va ertaga rapid, 29 sentyabr kuni blits yo‘nalishidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.