Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida briket ishlab chiqarish korxonasi qurilishi boshlandi.
Hududda mazkur yo‘nalishdagi ushbu ilk korxonada yiliga 20 ming tonna briket ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
– Korxona ishga tushirilganidan so‘ng Qanliko‘l, Shumanay, Xo‘jayli tumanlarining briketga bo‘lgan ehtiyoji to‘la ta’minlanadi, – deydi “Briket Shomanay” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Ablezov. – Briket sanoatidagi asosiy xomashyo – ko‘mirning VR1, VR2 qumlari Angrendan keltiriladi. Umumiy qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha uchun bank krediti ajratiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda briketga bo‘lgan talab yiliga 41 ming tonnani tashkil qiladi.
Korxona ishga tushishi bilan 12 kishining doimiy bandligi ta’minlanadi.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA