BMTning yangi so‘rovi – UN E-Government Survey, PDF natijasi “Barqaror rivojlanish uchun raqamli transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e’lon qilindi. O‘zbekiston elektron hukumat rivoji darajasi buyicha dunyo reytingida 6 pog‘ona yuqorilab, 193 davlat orasida 63-o‘rinni egalladi.

Mamlakatimizda ayni indeks – E-Government Development Index, EGDI 0,79 ni tashkil etdi. 2022 yil mazkur daraja 0,72 edi. Ko‘rib turganingizdek, o‘sish 0,07 birlik. Reyting peshqadami – Daniyaning ko‘rsatkichi – 0,98. Osiyo peshqadamlari – Janubiy Koreya, Singapur, Saudiya Arabistoni – 0,96. Qozog‘iston esa Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi – 0,90. Qo‘shni davlat 2022 yilda 0,86 natijani qayd etgan. Ya’ni, bizda o‘sish sur’ati Qozog‘istonga nisbatan 0,03 birlik yuqori.

EGDI me’yori uch kichik indeksdan iborat: telekommunikatsiya infratuzilmasi, inson kapitali va onlayn xizmat. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich mos ravishda 0,87, 0,75 va 0,76.

Joriy yil hisobotida EGDI reytingi bo‘yicha 23 davlat keskin ko‘tarilgan. Osiyoning 10 yetakchi davlati orasida O‘zbekiston ham bor. Ushbu guruhga Amerikadan 3, Afrika va Yevropadan 2 tadan mamlakat kirgan.

O‘zbekistonning elektron ishtirok indeksi – E-Participation Index, EPI bo‘yicha ko‘rsatkichi 0,60.

Past va o‘rta davromadli sakkiz davlat, jumladan 0,76 ko‘rsatkich bilan O‘zbekistonning ham OSI ko‘rsatkichi yuqori baholandi. Mazkur ijobiy natija, ya’ni OSI qiymati 8,6 foiz o‘sishi ushbu mamlakatlar onlayn-xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun resurs taqsimlashga ustuvor ahamiyat berayotganidan dalolat.

BMT hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston raqamli transformatsiya orqali davlat xizmati samaradorligi va shaffofligini oshirish tarafdori. 2019 yil ilgari surilgan “Raqamli O‘zbekiston-2030“ strategiyasida mintaqaviy tarmoqlarni raqamlashtirish, milliy axborot tizimini joriy etish va raqamli texnologiyadan foydalanishni rag‘batlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Yurtimizda “Uzum” va “Click” onlayn to‘lov tizimlarini birlashtirish orqali yagona raqamli hamjamiyat platformasi joriy etilishini yangi tashabbuslar qatoriga kiritish mumkin. Xalqaro raqamli texnologiyalar markazi IT xizmati eksporti miqdori oshishi, qonunlar qayta ko‘rib chiqilishi elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Qayd etish kerak, elektron hukumatning rivojlanish darajasi sharhi BMT Iqtisodiy va ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. Bu jahon tashkilotiga a’zo barcha davlatlarning ayni yo‘nalishdagi taraqqiyoti darajasini belgilaydigan yagona global me’yordir.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA