28 noyabr – 1 dekabr kunlari Anqarada Turk dunyosi vositachilar ittifoqi (TDAB) xalqaro kengashining dastlabki yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda jurnalistlarga Ittifoqning amaldagi raisi Yoqub Erikel ma’lum qildi.
Bo‘lajak tadbirda dunyoning 11 davlatidan 100 nafargacha mediator, ombudsman va advokat ishtirok etishi kutilyapti.
Tuzilmaning pirovard maqsadi dunyoning turli nuqtalaridagi etnik turkiylarga yuridik xizmat ko‘rsatish.
Erikel 2024 yil TDAB tomonidan tashkilot a’zolari uchun “tarmoq davri” sifatida e’lon qilinganini eslatdi. Turk dunyosi vositachilar ittifoqi shu yil boshida tashkil etilgan.